Qashqadaryodagi Hosil bayramida o‘tkazilgan uloqda Shavkat Mirziyoyev nomidan aytilgan “Jyentra” avtomashinasi o‘ynaldi
2016 yil 17 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Qashqadaryo viloyatining joriy yildagi Hosil tuyi bulib o‘tdi.Unda O‘zbekistonning turli burchaklaridan mehmonlar tashrif buyurdi.
Mazkur tantana munosabati bilan konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi. Unda Hosila Rahimova, Matkarim Matjonov, Mirza Azizov, Fathulla Sa'dullayev va qator taniqli san'atkorlar ishtirok etdi. Dasturdan o‘rin olgan quchoq urishtirish, xo‘roz urushtirish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Kurash bo‘yicha ham musobaqalar bo‘ldi. Bosh sovrin bitta nor tuya va bitta toyni g‘uzorlik polvon Sherali Jo‘rayev, surxondaryolik raqibini halol yengib, qo‘lga kiritdi. Keyin dasturdan o‘rin olgan asosiy tomosha - ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan aytilgan bosh sovrin - “Jyentra” avtomashinasini Chiroqchi tumani, Jar qishlog‘idan Elmurod polvon Oqchovadan Shodi hojining Jiyron oti bilan oldi. Bosh sovrinni viloyat hokimi shaxsan o‘zi topshirdi. Viloyat hokimi nomidan aytilgan 1 tuya, 1 toy, 1 ho‘kiz, 1 qo‘chqor, 1 gilamga bosh sovrinni qo‘lga kiritgan g‘olibning akasi Yo‘lchi polvon ega chiqdi. Chiroqchi tuman hokimi nomidan aytilgan 1 tuya, 1 toy, 4 qo‘chqorni chiroqchilik Shaymi polvon yutib oldi.
Mavzuga oid

20:25
Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi «Miraki» xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi

18:17
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi

18:10
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi

17:29 / 05.06.2025