Texnologiya | 14:24 / 18.12.2016
8844
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyada inson tomonidan boshqariluvchi gigant robot prototipi yaratilmoqda

Foto: Vitaliy Bulgarov

«Korea Future Technology» kompaniyasi inson harakati orqali boshqariluvchi og‘ir robot prototipini yaratdi. Robotni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etgan 3D-rassom  Vitaliy Bulgarov o‘zining Facebook'dagi sahifasida shu haqida ma'lum qildi. 

Vitaliy Bulgarov bundan avval Transformerlar, Terminator filmlari hamda  Starcraft 2 va World of Warcraft kompyuter o‘yinlari uchun 3D-modellarni yaratgan. Keyinchalik uni robot dizayni va erogonomikasi ustida ishlashga taklif qilishdi. 

Loyihaning asosiy vazifasi — sanoatda amaliy qo‘llash uchun robotlashtirilgan platformani yaratish. Robotning aynan qaysi sohalarda qo‘llanilishi hozircha noma'lum. Bulgarovning so‘zlariga ko‘ra, u yangi loyihaga oid tafsilotlar bilan bo‘lisha olmaydi. Hozirga qadar robotning oldinga harakatlanib, qo‘llarini qimirlata olishigina ma'lum. 

Bunday turdagi robotlar yapon filmlari, o‘yinlari va komikslarida juda mashhur. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid