18 avgust kuni “Yangi Özbekiston” boğida 2 000 nafar yoş muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yiğib, işga tuşiradi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qiliş böyiça örinbosari Hilola Umarova ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, talaba-yoşlar bu işi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirişi kutilmoqda.

“Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoşlar iştirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari öquvçilari, imkoniyati çeklangan yoş muhandislarimiz ham bor”, deb yozdi u.

Ma’lumot berilişiça, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar öquvçi bir vaqtda mini‑robot yasagan.

“Yoşlarimiz bu körsatkiçdan yuqoriga çiqişni rejalaştiryapti. Bu voqea — yoş muhandislarimizning kuçi, birdamligi va kelajakka işonçi ramzi böladi”, deb ta’kidlagan Hilola Umarova.