Bugun Yaponiyada klublar örtasidagi jahon çempionati finali bölib ötdi. Unda «Real» mezbon jamoa «Kaşima Antlers» bilan uçraşdi. Iokogamadagi «Nissan» stadionida keçgan uçraşuv madridliklarning 4:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Öyin debyutida Karim Benzema «Kaşima» darvozasini işğol qildi. 44-daqiqada Gaku Sibasaki uzoqdan bergan zarbasi bilan hisobni tenglaştirdi. 

Ikkinçi bölim boşida Sibasaki «Real» mudofaasini yorib ötib, darvozabonni ham doğda qoldirdi. Öyinning 60-daqiqasida esa Kriştianu Ronaldu penaltidan gol urib, hisobni tenglaştirdi - 2:2.

Öyinning asosiy vaqtida durang hisob saqlanib qoldi va jamoalar qöşimça bölimlarga taklif etildi.

98-daqiqada Benzema raqib himoyaçilarini doğda qoldirib, töpni qulay vaziyatdagi Ronalduga yetkazdi va portugaliyalik hujumçi öz imkoniyatidan unumli foydalandi. 104-daqiqada esa Kriştianu ofsayd çegarasida harakat qilgan holda Toni Kroosning zarbasidan keyin darvozaga kirmasdan qaytgan töpga ega çiqib, uni darvozaga yönaltirdi - 4:2. 

«Real» ikkinçi marta klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib böldi. Bu borada «Barselona» yetakçi - 3 marta. 

Real Madrid – Kasima Antlers 4:2 (qöşimça bölimlar) 
Gollar: 1:0 – 9 Benzema, 1:1 – 44 Sibasaki, 1:2 – 52 Sibasaki, 2:2 – 60, penalti Ronaldu, 3:2 – 97 Ronaldu, 4:2 – 104 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Naço, 108), Modriç (Kovaçiç, 105), Kazemiro, Kroos, Vaskes (Isko, 81), Ronaldu (Morata, 112), Benzema.
Kasima Antlers – Sogaxata, Ueda, Yamamoto, Nisi, Sedzi, Doi (Sudzuki, 88), Endo (Ito, 103), Kanadzaki, Ogasavara (Fabrisio, 68), Nagaki (Akasaki, 114), Sibasaki.
Ogohlantirişlar: Ramos (55), Yamamoto (58), Fabrisio (93), Kazemiro (100), Karvaxal (102)