Twitter ijtimoiy tarmoği qisqa videolar yoziş uçun möljallangan Vine servisi işini 2017 yil yanvarda tiklaşini ma'lum qildi. Vine Camera dasturida eski funksiyalardan hammasi ham bölmaydi.  

Vine vakillari özlarining Medium’dagi blogida Vine Camera dasturida 6 soniyalik videoni yoziş va uni sikllaştiriş imkoniyati saqlab qolinişini yozdilar. Yozuvlarni almaşiş imkoniyatiga taqiqlovlar qöyiladi: ularni bevosita Twitter‘da çop etiş yoki smartfonda saqlaş mumkin böladi. 

Kompaniyada ma'lum qilinişiça, dasturda boşqa foydalanuvçilarning yozuvlari tasmasi va ba'zi ijtimoiy funksiyalar – layk va izohlar bölmaydi. Vine Camera yordamida qilingan eski yozuvlar dasturda va servis saytida oçiladi. 

Oktyabrda Twitter vakillari videoservisning "yaqin oylarda" yopilişini aytişgan. OAV noyabrda kompaniya Vine’ni 10 mln dollarga sotmoqçiligini ma'lum qilgan. Bu orada Rossiyaning sikllangan videolarni yoziş servisi Coub Vine foydalanuvçilarini migratsiya qiliş funksiyasini işga tuşirgan.