Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga Adana şahridagi qizlar maktab-internatida yuz bergan fojiali hodisa — yonğin natijasida köplab insonlarning halok bölişi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etilgan maktub yölladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktubda halok bölganlarning va jarohat olganlarning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik va dalda sözlari izhor qilindi.

Eslatib ötamiz, 20 noyabr kuni Adana viloyatining Oladoğ şahrida maktab yotoqxonasida kelib çiqqan yonğin oqibatida 11 nafar öquvçi qiz halok bölgandi.