18 dekabrda SSSR xalq artisti, sirk va kino aktyori — Yuriy Nikulin tavalludining 95 yilligi nişonlanadi. U 1921 yilda tuğilgan, fin va Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan. Demobilizatsiyadan söng VGIK (Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti) tarkibiga kirişga harakat qiladi— biroq aktyorlik qobiliyatlari bölmagani sababli qabul qilinmaydi. Qabul komissiyasi a'zolari şu qarorga kelişadi.

Foto: © RIA Novosti

Nikulinni esa Rangli xiyobonida joylaşgan Moskva sirki qoşidagi klounlar studiyasiga qabul qilişadi — u aynan şu sirk bilan uzoq vaqt hayotining yarim asrini boğlaydi. Studiyani tamomlagaç, taniqli kloun Qalam (asl ismi Mixayl Nikolayeviç Rumyantsev) qölida şogirdlikga tuşadi, keyin esa Mixail Şuydin bilan şeriklikda işlaydi, 1982 yilda esa direktorga aylanadi. Nikulinga şuhratni nafaqat klounlikdagi sovrinlar, balki kinodagi rollar ham olib keldi. 

Foto: © RIA Novosti
Foto: © RIA Novosti

U 50 yillar oxirida suratga tuşişni boşlaydi. Leonid Gaydayning komediyasidagi Landovur roli bilan unitilmas qahramonga aylanadi. Şuningdek, «Brilliant qöl» va «Qaroqçi çollar» filmlarida ham ajoyib rollar ijro etadi. Biroq kino Nikulinning dramatik mahoratini ham oçib berdi. Bularga uruş haqida filmlar — «Ular Vatan uçun kuraşişdi», «Uruşsiz 20 kun», «Andrey Rublyov» , «Bu yerga kel, Muxtor!» dramasini misol qiliş mumkin.

Foto: © RIA Novosti

Biroq uning uçun sirk muhim maskanlardan biri bölib qoldi — Yuriy Nikulin uni vafotiga qadar boşqarib keldi. Uning davrida sirkning yangi binosi qurilgan. Aktyor 1997 yil yurak operatsiyasidan söng ahvoli oğirlaşgani tufayli vafot etadi. 

Foto: © RIA Novosti