Wikileaks Bundestagdan hujjatlar o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda
Germaniya maxsus xizmatlari Bundestagdan hujjatlar o‘g‘irlanishiga rossiyalik xakerlar emas, balki Wikileaks’ning parlamentdagi ayg‘oqchisi aloqador, deb gumon qilmoqdalar. Politsiya hozir uning kimligini aniqlashga urinmoqda.
Tagesschau nashrining Spiegel nashriga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, tergovchilar rossiyalik xakerlarning bu jinoyatga aloqadorligi ehtimoli kamligi haqidagi xulosaga kelishgan. Ularning fikricha, Germaniya parlamenti – Bundestagda Wikileaks’ning maxfiy agenti ("kalamush") o‘tiribdi, aynan u hujjatlarni o‘g‘irlab, saytga topshirgan.
Bundan tashqari, tergovchilar hujjatlar aynan xakerlik hujumi vaqtida o‘g‘irlangani borasida hech qanday isbotlar yo‘qligiga ishora qilishmoqda. Avvalroq hujjatlarga Bundestagning faqatgina AQSh Milliy xavfsizlik agentligining (AQSh MXA) Germaniya razvedkasi bilan aloqasi atrofidagi tergovga aloqasi bo‘lgan xodimlari kirishga ega bo‘lganlari ma'lum qilingan.
O‘tgan dam olish kunlari Frankfurter Allgemeine nashri mamlakatning maxsus xizmatlaridagi mansabdor shaxs 2400 dan ko‘proq maxfiy hujjatlarning o‘g‘irlanishiga aynan rossiyalik xakerlar aloqadorligini aytgan maqolani chop etgan. Mansabdor shaxsning aytishicha, Wikileaks’ga 2015 yil bahorida qilingan kiberhujum vaqtida Bundestag saytida saqlangan hujjatlar tushgan.
O‘g‘irlangan hujjatlar Wikileaks saytida 1 dekabrda chop etilgandi. Ularda gap AQSh MXA va Germaniya razkedkasi o‘rtasidagi maxfiy kelishuvlar haqida ketgan, bu hujjatlar Bundestagning tergov boshlashiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:29 / 14.11.2024
Bundestagga GuMni taqiqlash taklifi kiritildi
15:47 / 09.11.2024
Shols Bundestagga muddatidan oldin saylovlar sanasini muhokama qilishga tayyor
12:18 / 13.09.2024
Bundestag migratsiya siyosatini kuchaytirish choralarini muhokama qildi
19:33 / 22.06.2019