Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) «Real»ning FIFA qarori bilan yangi futbolçilarni yaqin ikkita transfer oynasi vaqtida röyxatdan ötkaziş böyiça qöyilgan taqiq muddatini qisqartirdi.

Unga köra, «Real» faqatgina 2017 yilning yanvarida yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaza olmaydi.

«Klub FIFAning qarorini butunlay yöq qiliş uçun CASga erkakça harakat yetişmaganidan afsusda», – deyiladi madridliklar bayonotida.

Eslatib ötamiz, sentabr oyida FIFA «Real» va «Atletiko»ga 2018 yilga qadar yangi futbolçilarni röyxatdan ötkazişni taqiqlab qöygandi. Klublar voyaga yetmagan futbolçilarni noqonuniy yöl bilan öz safiga qöşib olişda aybdor deb topilişgandi.

2014 yilda FIFA xuddi şunday jazoni«Barselona» nisbatan ham qöllagan.