Malayziyaning körişga arzigulik joylari şunçalik köpki qayerga borişingni bilmaysan. Albatta, barça sayyohlik yöriqnomalarida körsatilgan dam oliş maskanlariga borsa böladi, ammo sarguzaşt izlab kelgan bölsangiz, bu yöriqnomalarni unutganingiz ma'qul. Men ham turmuş örtoğim bilan şunday qildik va köplab qiziq joylarni özimiz uçun kaşf qildik. Bu joylardan biri Al-Xorazmiy nomidagi Falakiyot Majmuasidir. Tsiviliziyadan biroz çetda joylaşgan bu joyni topib boriş oson bölmadi. Dastlab, Malayziyaning Janubi-ğarbiy sohilida joylaşgan Melakka şahriga taşrif buyurdik.

Melakkadagi suv ustiga qurilgan masjid
Bu şahar tarixi, kamida alohida maqola uçun manba böla oladi. Şu sababli yölda davom etamiz. Keyingi bekat Masjid Tanah şaharçasi, bizning tilda Tuproq Masjid. Malayziya ilgari Buyuk Britaniya mustamlakasi bölgan. Şu sababli köpçilik ingliz tilida sözlaşa oladi, lekin Kuala-Lumpur va turistik markazlardan çetda joylaşgan şaharlarda ingliz tilida gaplaşa oladigan insonlarni topiş qiyinçilik tuğdirişi mumkin. Masjid Tanahga kelib, biz aynan şunday şaharlardan biriga kelganimizni tuşunib yetdik. Imo-işora orqali özbek tilida gapiraverdik. Çunki, özbek tili va ingliz tilini bir xil tuşunar edi bu yer aholisi.

Qayergadir öngga, bizga esa çapga
Bir maşinada astronomiya majmuasiga yetib oldik. Majmua bir tomondan dengiz, ikkinçi tomondan qalin örmon bilan öralgan. Aynan şu joyda “Al-Xorazmiy” nomini köriş juda ğalati böldi.

Al-Xorazmiy Falakiyot majmuasining boş darvozasi
Yon-atrof örmon bölgaç qoravul ham öz joyida emas edi. Majmua içiga qadam bosar ekansiz, hayajon yanada ortib ketadi. Majmuaning birinçi korpusining nomi “Al-Beruniy”.

Al-Beruniy korpusi
Bu majmua ham planetariy, ham observatoriya, ham öquv markazi sifatida faoliyat körsatar ekan. Hamma ta'tilda, şekilli, majmua böm-böş va butunlay bizning ixtiyorda edi. Istalgan xonaga kirib, uning çiroqlarini yoqib, har xil avtomatlardan erkin foydalaniş mumkin.












