2016 yilda özbekistonlik 4 mingdan ziyod abituriyent Rossiya Federatsiyasidagi oliy öquv muassasalariga (OÖM) öqişga kirdi.  Bu haqida Rossiyaning Özbekistondagi elçisi Vladimir Tyurdenev ma'lum qildi. 

"Ta'lim sohasida aloqalar mustahkamlanmoqda. Rossiyadagi talabalari soniga köra, Özbekiston MDH davlatlari orasida yetakçi örinlardan birini egallaydi. Bugungi kunda 17 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosi Rossiyadagi oliygohlarda tahsil olmoqda. 2016 yilda 4 mingdan ziyod abituriyent Rossiyadagi oliy ta'lim darogohlariga öqişga qabul qilindi", - dedi elçi yil yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot konferensiyasida. 

Elçining sözlariga köra, joriy yilda Rossiya fan va madaniyat markazi bilan hamkorlikda 100dan ortiq turli tadbirlar ötkazildi.