Rossiya va Turkiya taşqi işlar vazirlari Sergey Lavrov va Mavlud Çavuşöğlu Moskvadagi Vnukovo aeroportida Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovning jasadini olib kelayotgan samolyotni kutib olişdi.
Terrorçi tomonidan 19 dekabrda otib öldirilgan diplomatning jasadi yuklangan Tu-154 samolyoti aeroportga Moskva vaqti bilan soat 20.30 larda yetib keldi. Aeroportning hukumat terminali binosida Rossiya bayroqlari tuşirib qöyildi. Vazirlar samolyot bortiga kötarilib, samolyotda kelgan elçining bevasi va onasi Marina va Mariya Karlovalarga trapdan qizil gilamçagaça tuşişga yordam berişdi. Bu yerga askarlar Rossiya bayroği ranglaridagi mato bilan qoplangan tobutni olib çiqişdi.
Vazirlar elçining bevasi bilan motam marşi sadolari ostida ikki qator bölib turgan askarlar orasidan tobut ortidan yurib ötişdi.
Terminal oldida tobut minbarga qöyildi. Bu yerda ayollar öz qadrdon odamlari bilan yana bir marta vidolaşişdi. Söngra tobut katafalkka ortilib, Moskvaga olib ketildi.

















