Xitoyning Xenan provinsiyasidagi maktab direktorining işdan haydalişiga uning öta qattiqqölligi sabab böldi. Gap şundaki, maktab rahbari, garçi ta'lim maskani şahardagi smog tufayli vaqtinça yopilgan bölsa-da, oçiq havoda imtihon oliş amaliyotini bekor qilmagan, deb yozmoqda Independent naşri.
Imtihonda 400 nafarga yaqin öquvçi qatnaşişga majbur bölgan. Imtihon jarayonidan olingan fotosuratlar Weibo ijtimoiy tarmoğida tarqalgan.
Dekabr oyining ikkinçi yarmida Xitoyning bir neça şahrida havoning ifloslanganlik darajasi me'yorlardan keskin oşib ketgan. Şu sababli qator maktablar va korxonalar vaqtinça yopilgan, hukumat aholini köçada uzoq vaqt qoliş xavfidan ogohlantirgan edi.












