Ötgan 12 oy butun dunyo böylab juda ham qiziq voqealarga boy böldi. Biz Olimpiya öyinlaridagi yangi sport ğalabalari, Ukraina va Suriyadagi mojarolar, buyuk davlatlardan birining siyosati özgarayotgani hamda Yevropa ittifoqidagi tuşunarsiz holatlarga guvoh böldik. Quyida ötgan davr mobaynida röy bergan eng qiziqarli hodisalardan olingan önta fotosuratni taqdim etamiz. Ulardan 2016 yil haqida tölaqonli tasavvurga ega böliş mumkin.

Uzoq kutilgan Oskar

Leonardo Di Kaprio özining ilk Oskar mukofotini qölga kiritdi. Aktyorga u Gonsales Inyarrituning «Omon qolgan» dramasidagi rol uçun topşirildi.

Bayramdagi töy

Xitoy olimpiya terma jamoasi a'zosi Xe Tszy Riodagi mukofotlarni topşiriş marosimidan söng turmuş quriş taklifini oldi. Qiz suziş ustasi Tsin Kayga ijobiy javob qaytargan.

Maxluq

AQŞ prezidenti Barak Obama va birinçi xonim Mişel Obama bolalarning «Maxluqlar yaşaydigan joy» kitobini öqişmoqda. Bu Oq uyda Pasxa bayrami munosabati bilan taşkil etilgan bolalarning har yilgi an'anaviy yiğilişida röy berdi.

Oltin Mao

Mao Tszedunning 36 metrli haykali Xitoyning Tunsyuy viloyatilik amaldorlar buyruğiga köra paydo böldi. Biroq u bir neça kun ötib yöq bölib qolgan.

Ikar

Amerikaning F-22 Raptor uçuvçisi fotosuratçi obektiviga tikilib turganga öxşaydi. Aslida esa u havoda yoqilği quyiş kabi murakkab amaliyotga tayyorgarlik körmoqda.