Rossiyaning Xanti-Mansiysk muxtor okrugida Tselsiy şkalasi böyiça 62 darajalik rekord sovuq harorat qayd qilindi, deb xabar berdi muxtoriyatning jamoatçilik va taşqi aloqalar departamenti direktori Yelena Şumakovaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Beloyarsk tumanining Kazim posyolkasida keça 58 gradus sovuq böldi. Umuman heç narsani körib bölmayapti. Bugun esa Katta Olxovsk konida 62 gradus sovuq bölgan. Bu ham Beloyarsk tumani", deb aytdi Şumakova.

Sovuq havo tufayli maktablarda maşğulotlar bekor qilingan.