Oliy harbiy bojxona institutida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan hamkorlikda Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bağişlangan adabiy keça ötkazildi.

Tadbirni Oliy harbiy bojxona instituti boşliğining birinçi örinbosari A.Suyunov kiriş sözi bilan boşlab, Özbekiston xalq şoiri, va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov özbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qöşganligini, uning ijodiy merosi yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş borasida ulkan ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 dekabrdagi “Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nişonlaş töğrisida”gi Qarorining qabul qilinişi ham xalqimizning atoqli şoirimizga nisbatan çeksiz hurmat-ehtiromidan dalolat beradi.   

Oliy harbiy bojxona institutida ham Erkin Vohidovning hayoti va ijodi, uning boy ma'naviy merosini örganiş maqsadida adabiy keça taşkil etilganligini, tadbirda taniqli jurnalist va yozuvçi, filologiya fanlari doktori Xurşid Döstmuhammad hamda Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoira Şarifa Salimova iştirok etayotganliklarini ta'kidlab ötdi.

Adabiy keçada sözga çiqqanlar tomonidan Erkin Vohidovning betakror ijodi milliy ruhi va xalqçilligi, hayotiyligi bilan özbek adabiyoti xazinasidan munosib örin egallagani alohida qayd etildi.

 Atoqli şoir özining ijodiy va mehnat faoliyatini yoşlar naşriyotida kiçik muharrir sifatida boşladi. Keyinçalik mamlakatimizning nufuzli naşriyotlarida muharrir, boş muharrir, şuningdek, “Yoşlik” jurnalining boş muharriri, Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyoti direktori kabi vazifalarda samarali mehnat qildi.

Erkin Vohidov yarim asrdan ziyod ijodiy faoliyati davomida “Tong nafasi”, “Qöşiğim sizga”, “Aql va yurak”, “Mening yulduzim”, “Yoşlik devoni”, “Tirik sayyoralar”, “Şarqiy qirğoq”, “Kelajakka maktub” kabi şe'riy töplamlari, “Nido”, “Quyoş maskani”, “Ruhlar isyoni”, “Köhinur” kabi dostonlari, “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi” singari sahna asarlari, “Söz latofati” badiiy risolasi, jahon adabiyotining Hofiz Şeroziy, Mirzo Bedil, Gyote, Sergey Yesenin kabi mumtoz namoyandalari merosidan qilgan tarjimalari bilan öziga xos ijodiy maktab yaratdi. Uning turli janrdagi önlab asarlari dunyoning köplab tillariga tarjima qilindi.

Erkin Vohidov xalqimiz qalbidan munosib joy egallab, uning işonçli namoyandasi sifatida davlat va jamoat işlarida faol iştirok etdi. U 1990–1995 yillarda Özbekiston Oliy Kengaşi qömitasi raisi, 1995–2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi raisi, 2005–2009 yillarda Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi kabi mas'ul lavozimlarda samarali faoliyat olib bordi.