«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger jamoa yarim himoyaçisi Mesut Özilni uni tanqid qilayotgan muxlislardan himoya qildi.
APLning 17-turida «Mançester Siti»ga qarşi keçgan va 1:2 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyindan keyin muxlislar uşbu germaniyalik futbolçini öyinda bor kuçi bilan harakat qilmaganlikda ayblagandi.
«Men tanqidlarga e'tibor qaratmayman. Odamlar öyinni tahlil qilişadi, öz fikrlarini bildirişadi va ular bunga haqli. Bu normal holat. Biz ham bu fikrlarga öz munosabatimizni bildirişimiz mumkin. Men Özilga maydonda istaganingça öyna demaganman.
Qaçonki, jamoa töpsiz bölganida u boşqalar qilayotgan işni qiladi, ya'ni töpni olib qöyiş uçun pressingda iştirok etadi. Mesut – maydonda çin dildan mehnat qiladigan futbolçi. Öyinda muvaffaqiyatsiz harakatlardan qoçib qutulib bölmaydi. Ammo men aytişim mumkinki, u öz işini yaxşi bajaradi», — deya Vengerning sözlarini keltirgan Sky Sports.
Joriy mavsumda Mesut Özil APL doirasidagi 16 uçraşuvda maydonga tuşib, 5 gol urdi va 2 golga uzatma berdi.
Quyidagi videodan jamoa muxlislari nega xafa bölişganini tuşuniş mumkin. Bu videoda Özil raqib töp bilan muomila qilayotganida öz oldidan bir neça marta ötgan töpni olib qöyiş uçun intilmagani körinadi.












