Turkiya Başar Asad Suriya hukumati tepasida qolişiga rozi bölmaydi. Bunday bayonot mamlakat Taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli tomonidan berilgan.

«600 ming nafar suriyalikning ölimida aybdor bölgan şaxsning hukumatda qolişiga rozi bölarmidik?», - deya qayd etgan Çovuşöğli.

Uning sözlariga köra, Asad Suriyani birlaştirişga qodir emas va mamlakat kelajagida unga örin yöq.

«Suriya kelajagi mamlakat xalqi tomonidan tanlanişi kerak», degan turkiyalik vazir.

Uning aytişiça, Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini tan oladi. 

Çovuşöğli Anqara Halab aholisining xavfsiz hududga evakuatsiya qilinişi uçun katta işlarni amalga oşirayotganini ta'kidlab ötgan.

Suriya şimolida joylaşgan Halab şahri mamlakatda poytaxt Damaşqdan keyingi örinda turuvçi ikkinçi yirik şahar hisoblanadi. Bu şahar Turkiyaning janubi-şarqiy çegaralaridan 40 kilometr uzoqlikda joylaşgan.

Suriyadagi uruş 2011 yilning martida tinç namoyişlar hukumat harbiylari tomonidan öt oçib qarşi olingaç, boşlanib ketgandi. BMT ma'lumotlariga köra, ötgan vaqt davomida qurolli nizolar tufayli 400 mingdan ortiq kişi qurbon bölgan, 10 milliondan ortiq kişi muhojirga aylangan. 4,8 million kişi Suriyadan taşqarida boşpana topgan.

Ayni vaqtda Turkiya hukumati Suriya şimolida jangarilardan xoli hudud barpo etiş uçun "Frot qalqoni" nomli amaliyot olib bormoqda.