FIFA prezidenti Janni Infantino taşkilot kengaşiga a'zolarning köpçiligi jahon çempionati final bosqiçini kengaytiriş ğoyasini ijobiy tarzda qabul qilişgani haqida ma'lum qilgan. Bu holat 2026 yildan boşlab röy berişi kerak hamda 40 yoki 48 iştirokçi terma jamoadan iborat bölişi lozim. Infantinoning özi esa mundial final bosqiçida 48 qatnaşçi bölişi tarafdori.
Moliya jihatdan 48 iştirokçi bölgan mundial ança foyda keltirişi mumkin (3 jamoadan 16 guruh). Bu FIFAga qöşimça 610 million yevro işlab topiş imkonini beradi, deb xabar qilmoqda Tribuna.uz.
Şu holatda foyda Rossiyada 2018 yilda bölib ötişi rejalaştirilgan jahon çempionati bilan taqqoslaganda 20 foizga oşadi.
FIFA öyinlar miqdorini oşirişdan taşqari, uçraşuvlar vaqtini iştirok etayotgan terma jamoa işqibozlariga qulay soatlarga belgilamoqçi.
Ma'lumot uçun, jahon çempionatlarida 1998 yildan beri 32 jamoa iştirok etib kelmoqda.












