Kun.uz 2016 yilning eng yaxşi va kuçli superkarlarini taqdim etadi.

Lamborghini

Yangi Lamborghini Huracán 580−2 öta kuçli hamda har kunlik qatnovlarga juda qulay avtomobildir. Lamborghini’da barça 573 ot kuçi faqatgina orqa ğildiraklarga yetkaziladi.

Narxi esa 200 ming dollardan boşlanib, bu biroz kuçliroq bölgan modellardan 20 foizga arzonroqdir. 

McLaren

Lamborghini’ning Britaniyalik raqobatçisi McLaren joriy yilda 570GT modelini taqdim etdi. Modelda yölovçilar ortida, dvigatel ostida yuklarga möljallangan joy bor. 570GT – bu öta kuçli maşinalar xarid qilinadigan barça maqsadlarni özida jamlaştirgan.

Superkarlar yoqilğini iqtisod qiliş va gibridli texnologiyalar yönalişida rivojlanmoqda. Biz bu holatni Porsche 918, Ferrari LaFerrari va McLaren P1 misolida ham kördik. Ularning qiymati 1 million dollardan boşlanadi.

Acura

Acura NSX gibridini endilikda “atigi” 156 ming dollarga xarid qiliş mumkin. U AQŞda işlab çiqarilgan bölib, ğayritabiiy taşqi körinişga ega. Road & Track jurnalining fikriça, u «yil su¬per-kari» ekan. Maşina poyga yöllarida ança yengil harakat qiladi. Şuningdek, şahar köçalarida ham haydovçilarga qulay tezlikda yurişi mumkin.