Turkiya hukumati AQŞ yetakçiligidagi halqaro koalitsiyaga murojaat qilib, Suriyaning Al Bob şahrida jangovar harakatlar olib borayotgan turk harbiylarini havodan qöllab-quvvatlaşni söragan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«Xalqaro koalitsiya öz majburiyatini bajarişi lozim, ular Al Bob uçun kuraşda bizga havodan yordam berişi kerak, — degan Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin. — Biz muhtoj bölgan yordamni bermaslik mumkin emas».
Kalinning aytişiça, Turkiya armiyasi Suriya ozod armiyasi bilan hamkorlikda IŞIDning 226 nafar jangarisini öldirgan.
Bir neça haftadan beri Al Bob uçun ayovsiz janglar davom etmoqda. Uşbu şahar uçun kuraş «Furot qalqoni» amaliyoti doirasida amalga oşirilmoqda. Undan közlangan maqsad, Turkiya va Suriya çegara hududlarini IŞID jangarilaridan ozod qilişdir.












