Xitoy kosmik kenglikdan tinçlikparvar maqsadlarda foydalaniş tarafdori bölib, oçiq kosmosdagi qurolli poygalarga qarşi çiqmoqda. Bu haqida XXRning kosmik tadqiqotlarga bağişlangan "Oq kitobi"da ma'lum qilingan. RIA "Novosti" şu haqida xabar berdi.
"Xitoy doimo oçiq kosmosdan tinçlikparvar maqsadlarda foydalaniş tamoyiliga amal qiladi va u koinotdagi qurolli poygalarga qarşi çiqadi", - deyiladi hujjatda.
Manbada ta'kidlanişiça, Xitoy rivojlanib bormoqda va kosmik resurslarni ongli ravişda qöllamoqda, kosmik muhit muhofazasi uçun samarali çoralar körmoqda. Bularning barçasi tinç va toza kosmik kenglik, şuningdek Xitoy kosmik faoliyati butun insoniyatga faqat yaxşilik olib kelişini kafolatlaydi.
Bundan taşqari hujjatda Xitoy kosmik tadqiqotlarini mustaqil ötkazişda davom etayotgani, lekin boşqa mamlakatlar bilan hamkorlikka oçiq ekani ta'kidlangan.













