Afğoniston poytaxti Qobul şahrida çorşanba kuni ertalab portlaş yuz berdi, deb xabar beradi mahalliy OAV.
Ma'lumotlariga köra, portlaş afğon deputatlaridan birining hayotiga suiqasd qiliş maqsadida uyuştirilgan. Jarohat olganlar haqida ma'lumotlar yöq.
TOLO News telekanalining manbaga asosan xabar berişiça, portlovçi qurilma parlamentariy Farruh Behiştning avtomobilida işga tuşirilgan, u jarohat oldi. Uning tansoqçisi halok bölgani aytilgan.
Ma'lumot uçun, Afğonistondagi vaziyat sönggi oylarda ança yomonlaşdi. Mamlakatning qişloq tumanlarida katta hududlarni egallab olgan “Tolibon” radikal harakati yirik şaharlarga hujum boşladi. Şuningdek, mamlakatda IŞID ta'sir doirasi ham oşgan.












