Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç Kiyevda 2014 yilda davlat töntaruvini tayyorlaş va amalga oşiriş böyiça ştab AQŞ elçixonasida joylaşganini aytdi. Bu haqda 27 dekabrda Oliy rada sobiq deputati Vladimir Oleynik ma'lum qilgan. 

Yanukoviç mamlakat rahbariyatiga Yevropa Ittifoqi bilan birlaşiş haqidagi kelişuvni imzolaş rad etilgandan keyin jiddiy bosim ötkazilganini aytgan. "U kim bosim ötkazganini aniq aytmadi, biroq davlat töntaruvi ştabi AQŞ elçixonasida bölganini aytdi", deb ta'kidlab ötdi Oleynik.

Avvalroq Moskvaning Dorogomilov sudi Maydanni davlat töntaruvi deb tan olgandi. Sud jarayonida Ukrainaning sobiq amaldorlari, jumladan Yanukoviç ham söroq qilingan. 

Da'vo arizasini körib çiqiş 15 dekabrda boşlangan, sobiq deputat Oleynik esa 2014 yil Ukrainadagi voqealarni davlat töntaruvi deb tan olişni talab qilgan. Oleynikning aytişiça, 2013 yil kuzida mamlakatdagi norozilik kayfiyatlari xorijdan moliyalaştirilgan OAV tomonidan avj oldirilgan.