Özbekistonda 700 dan ortiq turdagi umurtqali, ya'ni sut emizuvçi, sudralib yuruvçi jonzotlar, baliqlar, amfibiyalar va 15 mingdan ziyod turdagi umurtqasiz hayvonlar uçraydi. Bu Özbekiston hayvonot dunyosi naqadar boy va xilma-xil ekanidan dalolat. Uşbu noyob tabiiy boyliklarni asrab-avaylaş maqsadida keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu haqda ÖzA yozmoqda.
Noyob va yöqolib borayotgan hayvonlar kolleksiyasini taşkil etiş va ularni sun'iy köpaytiriş, aholini Özbekiston va jahon faunasi bilan taniştirişda hayvonot boğlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Uç gektardan ziyod maydonni egallagan mazkur hayvonot boği Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 maydagi “2016-2020 yillar davrida Toşkent hayvonot boğini rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etildi. Bu yerda turli ölkalardan keltirilgan 70 dan ortiq hayvon va antiqa quşlarni köriş mumkin. Hayvonot boği iş boşlaşi bilan 60 ga yaqin iş örni taşkil etildi. Yangi xodimlarning aksariyati kollej bitiruvçilaridir.
Hayvonot boğida toğ hayvonlari saqlanadigan bölim ança keng joyni egallagan. Şer, ayiq, tönğiz kabi hayvonlar maxsus qafaslarda saqlanadi. Toş uyumlari ustida sakrab yurgan toğ qöyi, toğ eçkisi, Afrika tuyaquşi, lama, maxsus hovuzlarda suzayotgan ğozlar, noyob baliqlarni hayrat bilan tomoşa qilayotgan bolajonlarning quvonçi çeksiz.
– Ançadan buyon şahrimizda hayvonot boği bölişini orzu qilib yurardik, – deydi Feruza Subhonberdiyeva. – Yangi yil bayramida bu bizga, farzandlarimizga katta sovğa böldi. Bu yerda juda yaxşi şaroit yaratilibdi. Bugun farzandlarimning şodligini körib, özim ham behad quvondim.
Tadbirda Farğona viloyati hokimi Ş.Ğaniyev sözga çiqdi.














