Ispaniyada "populizm" atamasi ketayotgan 2016 yilning yil sözi böldi. Bunday qarorga "Fundéu BBVA" jamğarmasi tilşunoslari keldilar.

2016 yil söziga şuningdek "yutuber" va "keyingi haqiqat" atamalari d'vogarlik qildi.

Jamğarma boş koordinatori Xaver Laskurainning aytişiça, "bunday siyosiylaşgan, Brexit, Donald Tramp saylanişi, Amerika va Ispaniyada turli elektoral voqealar yuz bergan yilda yil sözi bu sohadagi, ya'ni siyosatdagi söz bölişi tuşunarli edi". 

Uning aytişiça, "tilşunoslik nuqtai nazaridan bu atama ma'nosi özgarmoqda va köproq salbiy köriniş olmoqda".  

"Oxirgi oylar davomida biz "populizm" atamasining haqiqiy ma'nosi nima ekanligi haqida köplab sörovlar oldik. Ayonki, uning OAVda va siyosiy debatlarda köp işlatilişi uning turli luğatlarda "xalq manfaatlarini himoyalaş" degan ta'rifidan köra uzoqroqqa boradi", deb aytdi  Laskurain.

Tilşunosning aytişiça, oxirgi vaqtda bu söz işlatilişida "siyosatçilar tomonidan murakkab muammolarga oddiy yeçimlarning taklif qilinişi" ma'nosi kuçaymoqda.

Ispaniyada 2014 yilda "selfi", 2015 yilda esa "qoçqin" sözlari yil sözlari bölgandi.

Eslatib ötamiz, populizm deganda saylovoldi kuraşida öziga köproq odamlarni jalb qiliş maqsadida keng ommaga asossiz va'dalar beriş siyosati tuşuniladi.