«Real» va Germaniya terma jamoasi yarim himoyaçisi Toni Kroos muxlislarini öziga xos tarzda yangi yil bilan tabrikladi.
Futbolçi tvitterida JÇ-2014 yarim finalida Braziliya ustidan qozonilgan 1:7 hisobidagi ğalabani esga olgan. U 2017 yilni ifodalaşda Braziliya va Germaniya bayroqlaridan foydalangan.
«2017 yil bilan tabriklayman» – deb yozgan Kroos.

Eslatib ötamiz, 2014 yili Braziliya mezbonlik qilgan jahon çempionati yarim finalida Germaniya terma jamoasi mezbonlarni 7:1 hisobida yenggandi.
«Bu kiçik hazil edi. Köp e'tibor qaratmang. Barçaga Yangi yil baxt olib kelsin!» — deya yozgan Kroos köp vaqt ötmasdan.













