Germaniya kansleri Angela Merkel özining millatga yangi yil murojaatida terrorçilikni 2016 yilning eng oğir sinovi bölganini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
"Ötayotgan yildagi voqealar bizni barça jihatlardan sinadi. Terrorçilik, şubhasiz, eng oğir sinov böldi. Mamlakat butun yil davomida hujumlardan titroqqa keldi: Vyurtsburg, Ansbax va yaqindagina Berlin", deb aytdi Merkel.
Uning aytişiça, Germaniya mamlakatga "boşpana qidirgani kelgan, söngra yordam va qöllab-quvvatlov olib", biroq yakunda Germaniyada hujum amalga oşirganlardan "aççiq qasos va jirkançlik bilan munosabatda bölişni" his qildi.
"Biz terrorçilarga qarşi kuraşimizda qat'iy bölişimiz kerak. Biz birdam bölganimizda, kuçlimiz. Biz öz fuqarolarimiz uçun ozodlik şaroitlarida xavfsizlikni kafolatlaş uçun terrorçilikka qarşi turişimiz kerak", deb qöşimça qildi kansler.
Bundan taşqari, Merkel nemis hukumatining keyingi yilda "qöşimça huquqiy va siyosiy çoralar kiritişga tayyorligini" ma'lum qildi.












