Xitoy 2017 yilda taxminan 30 kosmik parvozni amalga oşirişni rejalaştirmoqda, bu sönggi bir neça ön yillarda öz kosmik dasturini faol rivojlantirayotgan mamlakat uçun yangi rekord natija hisoblanadi. "Çjungo sinvenvan" portali Xitoy aerokosmik ilmi va texnikasi korporatsiyasi (CASC) xabariga asoslanib, ana şunday ma'lumotlar bilan bölişdi.
CASC statistikasiga köra, 2016 yilda Xitoy 22 marta turli kosmik parvozlarni amalga oşirdi hamda birinçi marta yangi avlod raketa-taşuvçilari "Çançjen-5" va "Çançjen-7"ni işga tuşirdi.
"2017 yil "Çançjen-5" raketa-taşuvçisi sinovida katta ahamiyatga ega böladi", - dedi "Çançjen-5" dasturi rahbari Van Yuyşuo.
Uning sözlariga köra, mazkur raketa-taşuvçi "Çan'e-5" qurilmasini kosmosga olib çiqadi va Oy sathiga qönadi, keyin esa oy jinslari namunalari bilan Yerga qaytadi.
Şuningdek 2017 yilning birinçi yarmida "Çançjen-7" raketa-taşuvçisi yordamida Xitoyning birinçi yuk kemasi "Tyançjou-1"ni orbitada joylaşgan "Tyangun-2" kosmik labaratoriyasi bilan boğlaniş uçun işga tuşiriş rejalaştirilgan.












