Xitoy va Özbekiston – yaqin döstlar va işonçli hamkorlardir. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga mamlakatlar örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yöllagan maktubida ma'lum qildi.

2017 yilning 2 yanvar kuni Özbekiston va Xitoy örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil töldi.

“Xitoy Xalq Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan hamda şaxsan öz nomimdan Sizga va döst Özbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni va ezgu tilaklarimni izhor etaman”, - ta'kidlab ötdi Xitoy rahbari. 

“Xitoy va Özbekiston – yaqin döstlar va işonçli hamkorlardir. Diplomatik munosabatlar örnatilgandan buyon ötgan 25 yil davomida Xitoy va Özbekiston munosabatlari izçil va barqaror rivojlanmoqda. Davlatlarimiz örtasidagi oliy darajadagi uçraşuvlar muntazamlik kasb etgan, özaro siyosiy işonç mustahkamlanmoqda. "Bir qutb, bir yöl” barpo etilişida dastlabki muhim natijalarga erişildi, “uç yovuz kuç”ga qarşi kuraşiş borasidagi hamkorlik samarali rivojlanmoqda”, - ta'kidlaydi Si Tszinpin. 

“Mamlakatlarimiz asosiy manfaatlariga doir masalalarda bir-birini qat'iy qöllab-quvvatlab kelmoqda. Davlatlarimiz umumiy manfaatlarimizni himoya qiliş maqsadida BMT, ŞHT va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatlarimiz imzolagan Döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma özaro munosabatlarimizni rivojlantiriş uçun mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. 2016 yilda biz har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini örnatdik, turli sohalardagi hamkorligimiz taraqqiyotning yangi bosqiçiga kötarildi. Xitoy munosabatlarimizning muvaffaqiyatlaridan mamnun va u istiqbolda yanada rivojlanişiga işonçi qat'iydir”, - qöşimça qildi u. 

“Men Xitoy va Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişga alohida ahamiyat beraman. Xitoy Özbekiston tanlagan öziga xos taraqqiyot yölini, davlat mustaqilligi, suvereniteti va xavfsizligini mustahkamlaş, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni rağbatlantiriş va taşqi aloqalarni kengaytiriş borasidagi sa'y-harakatlarini bundan buyon ham qöllab-quvvatlayveradi. Xitoy – Özbekiston munosabatlarining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatlarimiz xalqlarining farovonligi yölida özaro siyosiy işonçni mustahkamlaş, Xitoy va Özbekistonning har tomonlama strategik şerikligini izçil rivojlantiriş yölida Siz bilan hamkorlikda işlaşga tayyorman”, - deya ta'kidlab ötgan Si Tszinpin. 

“Xitoy va Özbekiston döstligi yanada mustahkamlanib, jadal rivojlanaversin! Sizga mustahkam soğlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman!”, - dedi Xitoy rahbari.