Turkiyada 15 iyulda sodir etilgan harbiy töntaruv harakatidan keyin boşlangan tergov doirasida mamlakat sud organlari tomonidan 41 326 nafar kişini hibsga oliş haqida qaror çiqarilgan. Dastlab 103 850 kişi Fathulloh Gulen terrorçi oqimiga aloqadorlikda gumon qilinib, qölga olingan bölgan. Bu haqida Anadolu agentligi xabar berdi.
Turkiya adliya vazirligi ma'lumotiga köra, tergov doirasida qölga olinganlarning 10 265 nafari ularning terrorçi harakatlarga aloqadorligini tasdiqlovçi dalillarning yöqligi tufayli ozod qilingan.
Ozod qilinib, öz lavozimiga qayta tiklanganlar orasida bir gubernator, tört nafar gubernator yordamçisi, 1 066 harbiy xizmatçi, 583 nafar politsiya xodimi, ikki mahalliy boşqaruv organi rahbari, 158 sudya va prokurorlar, Sudya va prokurorlar oliy kengaşining (HSYK) ikki a'zosi, bir Davlat kengaşi a'zosi va sakkiz nafar Turkiya Oliy sudi xodimi bölgan.












