Light | 13:55 / 03.01.2017
7286
3 daqiqa o‘qiladi

Jalol bin Saniyning yetti amirlik bo‘ylab piyoda sayohati bir haftaga kechikdi

Foto: Gulfnews.com

Ikki hafta davomida 850 kilometr masofani bosib o‘tgan Jalol bin Saniy yetti amirlik bo‘ylab piyoda sayohatini poyoniga yetkazdi. Bu haqida Gulf News nashri xabar berdi. 

Dushanba kuni kechqurun 20:28da sezilarli darajada holdan toygan 30 yoshli amirlik fuqarosi Fujayrada o‘z sayohatini yakunladi. 

"Hozir men charchaganman. Biroz holdan toyganman", - dedi Saniy Gulf News nashri muxbiriga.

"Bu ruhan toliqtiradi, chunki men mamlakatning bir nuqtasidan boshqasiga piyoda sayohat qildim", - deydi u. 

Agar bu sayohat haqiqiy deb hisoblansa, u "BAA bo‘ylab eng tez amalga oshirilgan piyoda sayohat" sifatida rekordlar kitobida qayd etiladi. 

Biroz keyin Saniy va uni qo‘llab-quvvatlovchi uch kishilik jamoasi Dubayga qaytadi. 

Bundan avval 30 yoshli amirlik fuqarosining 20 dekabrda soat tungi 3:51da Al-Guvayfat chegarasidan (Abu-Dabi) yo‘lga chiqqani haqida xabar berilgan edi

U BAAni atigi 7 kun ichida aylanib chiqishni maqsad qilgandi. Shunga qaramay, imkoniyati cheklangan kishilarga e'tiborni kuchaytirishga qaratilgan piyoda sayohat kutilganidan ancha qiyin kechdi. 

To‘yib ovqatlanmaslik, jazirama va chang-to‘zon yo‘llar sayohatning sekinlashishiga olib keldi. 

Bundan tashqari, sayohat davomida notekis va qorong‘u yo‘llarda harakatlanish tufayli Saniyni qo‘llab-quvvatlovchi jamoa joylashgan avtomobilda ham muammolar yuzaga kelgan. 

Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan hisoblangan 712 kilometr masofa aslida 900 kilometrga yaqin ekanligi ta'kidlandi - Saniyning jamoadoshlari kechib o‘tilgan masofani hisoblab chiqishgan. 

Ko‘zlangan vaqtdan ikki karra kech qolinganiga qaramay, rekord qayd etilishiga umid so‘nmagan. 

Amaldorlar shaxsiy tekshiruv uchun undan sayohat davomida to‘ldirilgan jurnalini taqdim etishni so‘rashdi. 

Mavzuga oid