Ukrainaning "Ukroboronprom" davlat konserni AQŞning Aeroscraft kompaniyasi bilan birgalikda NATO standartlari böyiça öqotar qurol, jumladan avtomatik miltiq M16 işlab çiqarmoqçi.
Avtomatning işlab çiqarilişi korxonaning pilot loyihasi hisoblanadi.
Ötgan yilning 16 dekabrida Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksandr Turçinov Kiyev nafaqat NATO standartlariga erişmoqçi ekanligi, balki rus qurolidan ustunroq qurol yaratmoqçiligini ma'lum qilgandi. Uning aytişiça, buning uçun mudofaa majmuasining tizimli moliyalaştirilişi zarur.
M16 miltiği AQŞda qurollanişga 1964 yilda olingan. Uning turli variantlari hozirda ham AQŞ piyoda askarlarining öqotar quroli bölib kelmoqda. Hammasi bölib bu avtomatdan 8 mlndan köproq işlab çiqarilgan. AQŞdan taşqari, bu miltiq önlab boşqa davlatlarda qöllanadi.












