"Zenit" va "Tyantszin Tsyuantszyan" klublari belgiyalik yarim himoyaçi Aksel Vitsel transferi borasida kelişuvga erişdi. Avvalroq OAVda futbolçi Xitoyda 80 mln dollar işlab topişi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. 

Vitsel peterburgliklar tarkibiga 2012 yil kelib qöşilgan va 5 yil içida 180ta uçraşuvda maydonga tuşib, 22ta gol va 13ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi. 

""Zenit" Aksel Vitseldan Peterburgda ötkazgan vaqti uçun minnatdor va unga yangi jamoada muvaffaqiyat tilaydi", – deb yozadi klub rasmiy sayti.