Özbekiston Davlat statistika qömitasi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça,  “Firma nomlarini zaxiraga qöyişning elektron tizimi” joriy etilgan davrdan boşlab 406 mingdan ortiq firma nomi zaxiraga olingan. Ular “Firma nomi töğrisida”gi qonun talablariga mos kelişi, ma'lumotlar bazasida mavjud nomlarga öxşaş yoki adaştiriş darajasida öxşaş emasligi sababli zaxira röyxatiga kiritilgan. 

2016 yilda esa zaxiraga olingan firma nomlari 127 mingdan ortiqni taşkil etgan. 

Internet tarmoği orqali firma nomlarini zaxiralaş tizimi 2011 yil 1 fevralidan joriy qilingan. Yuridik yoki jismoniy şaxslar Davlat statistika qömitasining www.stat.uz saytiga kirib, firma nomini körib çiqiş uçun elektron körinişda ariza qoldirişlari mumkin. 

Elektron arizalar asosida taqdim etilgan firma nomlari xususidagi ma'lumotlar Davlat statistika qömitasi bazasidan bevosita davlatning boşqa röyxatga oluvçi organlariga internet orqali uzatiladi.