Ukrainaga keng miqyosda hujum boşlanganidan keyin Rossiyadan çiqib ketişlarini e’lon qilgan ğarb kompaniyalari yuzaga kelgan muammolar tufayli öz rejalarini özgartirmoqda, deb yozadi Financial Times (FT). Avon Producs, Air Liquide and Reckitt va boşqa firmalar Rossiyada biznesni sotişdagi byurokratik tösiqlar, şuningdek, uşbu mamlakatda iste’mol faolligi tiklangani sababli qolmoqda, deb yozadi gazeta 28 may, seşanba kuni.
Ğarb firmalari aktivlarini 90 foiz çegirma bilan sotişni xohlamayapti
«Köplab Yevropa kompaniyalari arosatda qolmoqda», deya Rossiyada Ğarb kompaniyalari bilan işlaydigan suhbatdoşining sözlaridan iqtibos keltiradi FT. Xorijiy firmalar Rossiya korxonalarini sotiş niyatini e’lon qilgandan söng, «ular uçun nomaqbul bölgan xaridorlarni tanlaş imkoniyati berildi», dedi u. Gazetaning manbasiga köra, Rossiya Federatsiyasidan çiqib ketiş kompaniyalarni aktivlarini zudlik bilan noqulay narxlarda - 90 foizgaça çegirma bilan sotişni öz içiga oladi.
Naşr şuningdek, Kiyev Iqtisodiyot maktabi ma’lumotlariga tayangan. Unga köra, uruş boşlanganidan keyin Rossiyada 2100 dan ortiq transmilliy korporatsiyalar öz faoliyatini davom ettirmoqda, 1600 ga yaqin xalqaro kompaniya Rossiya bozorini tark etgan yoki Rossiya Federatsiyasidagi faoliyatini çeklagan.
Rossiya Ğarb kompaniyalari uçun bozorni tark etiş narxini oşirdi
2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan söng, köplab xorijiy kompaniyalar Ğarbning keng kölamli sanksiyalari fonida Rossiya Federatsiyasidagi iştirokini qisqartirişga va’da berişdi. Biroq Rossiya rasmiylari «döst bölmagan mamlakatlar» aktivlariga majburiy 50 foizlik çegirma va kamida 15 foizlik «çiqib ketiş soliği»ni joriy etiş orqali firmalarni tark etiş narxini bosqiçma-bosqiç oşirdi, deb yozadi gazeta. Bundan taşqari, jurnalistlar ta’kidlaganidek, Ğarb firmalari uçun ham, Rossiya rasmiylari uçun ham maqbul bölgan va bitimlari Ğarb sanksiyalariga zid bölmagan mahalliy xaridorlarni topiş tobora qiyinlaşib bormoqda.
FT’ning yana bir suhbatdoşi Rossiya Federatsiyasida qolgan xorijiy kompaniyalar 30 yil davomida muhim işlab çiqariş bazasini yaratganliklari va uni heç narsaga sotişni istamasliklari sababli bunday qadamning zarurati haqida hayratda ekanini ta’kidladi.
Rossiya rasmiylari aralaşgan bitimga misol sifatida naşr Niderlandiyaning Heineken kompaniyasi aktivlari bilan boğliq vaziyatni keltiradi. Rossiya tomoni savdoni muvofiqlaştirişdan boş tortdi va aktivlarni «Dixlofos» repellentlari, «Prelest» soç laklari va havo spreyi işlab çiqaradigan Rossiyaning Arnest Group şirkatiga topşirdi.













