2024 yil 30 sentabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan “Halal Auto Leasing Group” MÇJ va 2024 yil 31 oktyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ mansabdorlari yuzdan ortiq odamni aldagani ma’lum böldi.

Kun.uz’ga kelib tuşgan röyxatga köra, MÇJlar birgina oktyabr oyida 41 nafar mijoz bilan turli rusumdagi maşinalarni olib beriş böyiça şartnoma imzolagan. Boşlanğiç tölov sifatida qabul qilingan summa esa 1,3 mlrd sömdan oşgan.

Noyabr oyida ham köplab mijozlar bilan şartnomalar tuzilgan. Ularda har ikki MÇJ mansabdorlari Damasʼdan Kia Sonetʼgaça bölgan turli rusumdagi maşinalarni yillik 7 foizlik ustama bilan 105 iş kunigaça yetkazib berişni zimmalariga olgan.

Jumladan, Farğona viloyatida yaşovçi Parviz Ahmadjonov 2024 yil 4 noyabrda “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ bilan Kia Sonet maşinasi uçun şartnoma tuzgan.

Mijoz şartnomaga asosan 76 mln 667 ming söm boşlanğiç tölovni amalga oşirgan.

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşovçi Ruqiya Ergaşeva esa 2024 yil 28 noyabr kuni Tracker maşinasi uçun 45 mln sömdan ortiq boşlanğiç tölov tölagan.

“Halal Auto Leasing Group” va “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ vakillari tomonidan boşlanğiç tölov sifatida Damas maşinasi uçun 20-23 mln sömdan, Cobalt uçun 33 mln 770 ming sömdan, Tracker uçun 47-56 mln sömdan, Monza uçun 60 mln sömdan, Onix uçun 41-45 mln sömdan pul mablağlari qabul qilingan.