Toşkent şahridagi ikkita quriliş taşkiloti uy-joy qurib berişni va’da qilib, fuqarolarning qariyb 27 milliard söm pul mablağlarini özlaştirdi. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanali xabar berdi.

Boş prokuratura huzuridagi departament yanvar oyida Arkenstone va VescoCottage şirkatlari mansabdor şaxslarini qölga oldi.

Departament boşliği örinbosari Jörabek Boliyevning aytişiça, quruvçilar Olmazor, Yunusobod va Yaşnobod tumanlarida kottejlar quriş töğrisida internetda e’lonlar joylaştirgan. Mijozlarga 125 million söm (MBning 21 fevraldagi kursi böyiça 10 ming dollar) boşlanğiç tölovni tölab, kottejlarni 20 yilga bölib-bölib tölaşga sotib olişni taklif qilgan. 2022–2023 yillarda kompaniyalar fuqarolardan qariyb 27 milliard söm (2,164 million dollardan ortiq) özlaştirgan. E’tiborlisi, korxonalarda uy-joy quriş uçun yer uçastkalari bölmagan.

Jörabek Boliyevga köra, tadbirkor Farrux Maxamatov (2022 yilning 4 aprelida Arkenstone, 2023 yilning 15 mayida VescoCottage kompaniyalarini ta’sis etgan) özi va onasiga tegişli plastik kartalar orqali pul konvertatsiyasini amalga oşirib, 1,4 million dollarni xorijdagi birjaga ötkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (Firibgarlik) va 243–moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergovga qadar ötkazilgan tekşiruv davomida departament tomonidan tadbirkorning hisob raqamlaridagi kriptoaktivlar körinişidagi 222 ming dollar, şuningdek, onasining elektron hamyonida bölgan 403 ming dollar (jami 625 ming dollar) Özbekistonga qaytarilgan.

Bundan taşqari, 7,8 milliard söm (624,2 ming dollar), şuningdek, ular bilan boğliq bölgan korxonalarning hisobvaraqlaridagi 823 million söm pul mablağlarining harakati töxtatib qöyilgan.

  • Oçiq manbalarga köra, Arkenstone MÇJ 2022 yil 4 aprel kuni, VescoCottage MÇJ esa 2023 yil 12 may kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Har ikki MÇJga Farrux Maxamatov rahbarlik qiladi.