LeEco kompaniyasi AQŞning Las-Vegas şahrida bölib ötayotgan CES 2017 elektronika körgazmasida ikkita yangi rusumdagi “aqlli” velosipedini namoyiş etdi. Smart Road Bike va Smart Mountain Bike velosipedlari Android 6.0 Marshmallow negizidagi Bike OS dasturiy ta'minotida işlaydi. 

Smart Road Bike – şahar uçun möljallangan model bölib, Smart Mountain Bike birmunça noqulay yöllarda harakatlanişga moslaştirilgan. Ikkala transport vositasining elektron «miya»si sifatida Snapdragon 410 çiplari tanlangan. Bundan taşqari, LeEco velosipedlari 4 dyuymli ekranlar va 6000 mAs quvvatli akkumulyatorlarga ega. 

Velosipedlarni faqatgina barmoq izi bilangina elektron qulfdan xalos qiliş mumkin. 

Qurilma öz egasining tanasidagi körsatkiçlarni nazorat qilib boradi. Aytiş mumkinki, u örnatilgan fitnes-trekerdir. Şu bilan birga, erişilgan natijalar va salomatlik töğrisidagi ma'lumotlarni döstlar bilan baham köriş mumkin. Bundan taşqari, velosipedlarga GPS-modul, xarita, pleyer, qönğiroq, yoritqiçni boşqariş paneli, içki ratsiya va signalizatsiya örnatilgan.

“Aqlli” velosipedlarning ramasi karbondan yasalgani sabab ança yengil. Smart Road Bike 8,4 kg kelsa, Smart Mounting Bike vazni 12,2 kgdir.

Dastlab, Smart Road Bike va Smart Mountain Bike 2017 yil ikkinçi çoragida AQŞ bozorida paydo böladi. Keyinroq, velosipedlar boşqa mamlakatlarda ham sotuvga çiqarilişi ehtimol. Şunga qaramay, işlab çiqaruvçi ularning narxini sir tutmoqda.