Ars Technica har yili 2018 yilda inqirozga uçraş ehtimoli yuqori bölgan kompaniya va brendlarning röyxatini taqdim etadi. Unga turli (iqtisodiy, madaniy yoki texnologik) sabablarga köra faoliyati xavf ostida bölgan loyihalar kiradi. Naşr kompaniyalarning joriy yilda yopilişi aniq deya ta'kidlayotgani yöq, çunki har qanday taşkilot inqirozi köp yillarga çözilişi mumkin.

Röyxatga heç bölmaganda quyidagi muammolardan biriga duç kelgan kompaniyalar kiritiladi:

  • kompaniya uzoq vaqt bozordagi uluşini yöqotadi;
  • moliyaviy qiyinçiliklarni boşidan ötkazadi yoki daromadlarni yöqotadi;
  • boşqaruvda muammolarga duç keladi, işonçli biznes-model yoki uzoq muddatli strategiyaga ega emas.

2017 yilda Ars Technica Deathwatch röyxatiga Yahoo, Yik Yak anonim messenjeri, Twitter, Theranos tibbiyot kompaniyasi, HTC, Gearbox Software öyin studiyasi va Blackberry smartfonlari işlab çiqaruvçisi kiritildi.

Yahoo kompaniyasi 2017 yilda özining asosiy biznesini sotdi va deyarli öz faoliyatini töxtatdi, Altaba'ga aylandi, Yik Yak messenjeri yopilişi haqida e'lon qildi. Blackberry va Gearbox Software yilni "jimgina", ortiqça yangiliklarsiz ötkazişdi, Twitter va HTC esa yana naşr röyxatidan joy oldi. 2018 yilda naşr tahririyati unga olti kompaniyani kiritdi.

Uber

"Atigi bir yil avval Uber istiqbollari normal körinişda edi. Kompaniya AQŞdagi taşuv bozorida yetakçilik qildi va butun dunyo böylab kuçli pozitsiyalarni egallaydi. U yaqindagina mustaqil boşqaruvli Otto  avtomobillarni işlab çiqaruvçi startapni "yutib yuborgandi" va hatto uçar maşinalarni yaratiş bilan ham şuğullangan", - deb yozadi Ars Technica.

2017 yilda kompaniyada barçasi özgardi — u qator mojarolarga aloqador bölib çiqdi: Alphabet'ga qaraşli  Waymo kompaniyasi Uber'ni sudga berdi va servis rahbariyatini haydovçisiz transport texnologiyasini öğirlaganlikda aybladi. The New York Times naşri Uber'ga servis faoliyati rasman ta'qiqlangan şahar va mamlakatlardagi hukumat hamda politsiyani çalğitişda yordam beruvçi Greyball içki jihozi haqida sözlab berdi.

Uber'ning sobiq xodimi Syuzan Fauler öz postlaridan birida kompaniyadagi salbiy muhitni ta'riflab, startapda içki tergov yölga qöyilişiga sabab bölgan. Iyunda Trevis Kalanik Uber boş direktori lavozimini tark etgan edi. Uning örnini Expedia turistik servisi direktori Dara Xosrovşaxi egalladi.