LeEco xoldingi asosçisi Tszya Yuetin Pekin hukumatining 2017 yil oxiriga qadar Xitoyga qaytiş va öz kompaniyasiga qarzlardan qutulişda yordam berişga doir talablarini rad etdi. Işbilarmon AQŞda qoldi, deb yozadi Bloomberg Yuetinning WeChat va Weibo'dagi bayonotiga asoslanib.

Yuetin bunday qarorini özi sarmoyadorlik qilayotgan Faraday Future startapi uçun mablağ töplaşni tugallaş zarurati bilan izohladi. Kompaniya FF 91 elektrokari ustida işlamoqda.

"AQŞda Faraday Future uçun mablağ töplaş sezilarli taraqqiyotga erişdi. FF 91elektrokarini seriyali işlab çiqariş va öz vaqtida yetkazib berişni ta'minlaş uçun köp masalalarni hal qilişim kerak". 

 LeEco asosçisi Tszya Yuetin.

LeEco asosçisi Tszya Yuetin. Foto: Bloomberg

Yuetin akasi Tszya Yuemin va turmuş örtoği Gan Veydan Leshi Internet Information & Technology Corp. kompaniyasi (LeEco uning şö'ba korxonasi) manfaatlarini himoya qilişni söradi. Tadbirkorning sözlariga köra, 2017 yilning 29 dekabrida Yuemin hukumat vakillari bilan uçraşib, ular bilan xolding muammolarini muhokama qilgan.

"LeEco qarzining salbiy ta'siri sabab juda afsusdaman va özimni aybdor deb his qilmoqdaman", - qöşimça qildi Yuetin. Işbilarmon kompaniyaning moliyaviy muammolarini 2017 yilning iyulidagi muddatidan ötgan tölov bilan izohladi, uning sözlariga köra, aynan şu tölov aktivlarning muzlaşiga olib kelgan.

Yuetin şuningdek yolğon va soxta xabarlar ham biznesga salbiy ta'sir körsatganini qöşimça qildi. Uning sözlariga köra, şundan keyin kreditorlar va yetkazib beruvçilar bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan.

Xitoyning qimmatbaho qoğozlarni tartibga soliş bilan şuğullanuvçi komissiyasi 2017 yilning dekabr oyi örtasida Yuetindan Xitoyga qaytişni talab qildi, u yil oxiriga qadar vataniga qaytişi kerak edi. Işbilarmon Leşi'ga va'da qilingan kreditlarni taqdim etmadi, deya ma'lum qilgan komissiya.

Dekabr oyi oxirida Xitoy sudi Yuetinning bank hisob raqamlaridagi 1,3 million yuan (200 ming dollar) va uning boşqa aktivlar, şu jumladan köçmas mulk va Leshi aksiyalari paketini ham hibsga oldi.

LeEco guruhi smartfonlar va boşqa elektronikani sotiş, "Xitoy Netflix'i" deya e'tirof etilgan onlayn-kinoteatr va biznesning boşqa yönalişlarini rivojlantiriş bilan şuğullangan.