Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimov va davlatimizning saylangan rahbari Şavkat Mirziyoyev 2016 yildagi xalqaro hayotning eng muhim 40 şaxsi röyxatidan joy oldilar. U Ispaniyadagi eng yetakçi tahlil markazlaridan biri – Barselona xalqaro munosabatlar Markazi tomonidan çop etilgan. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar berdi.

Har yili tuziladigan röyxatga dunyodagi eng yirik siyosat va jamoat arboblari hamda nodavlat taşkilotlar kiritiladi.

2016 yildagi reytingga Özbekistonning birinçi va amaldagi prezidentlari kiritildi. Şu bilan bir qatorda, röyxat tuzuvçilarining ta'kidlaşiça, “buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov yangi mustaqil davlatning asosçisi bölgan hamda Özbekistonning Sobiq Ittifoq parçalanib ketganidan söng oyoqqa turişida katta örin tutgan”.

Şuningdek, CIDOB mutaxassislarining ta'kidlaşiça, Özbekistonning tajribali boş vaziri Şavkat Mirziyoyev sönggi prezidentlik saylovlarida 88 foizdan ortiqroq ovozlarni qölga kiritib, işonçli ğalaba qozondi. Ispaniyalik tahlilçilarning fikriça, Mirziyoyev prezidentligida Özbekiston taşqi siyosatida yangi intilişlarni kutiş mumkin.

Uşbu reyting Özbekistonning xalqaro arenadagi hurmati ösib borayotganidan, şuningdek mamlakatimiz tomonidan zamonaviy demokratik davlat quriş yölidagi yutuqlarning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinişidan darak beradi.