Janubiy Koreyaning KIA kompaniyasi yangi avlod Picanto xetçbekining rasmiy suratlarini namoyiş qildi. Bunga qadar faqatgina çizilgan rasmlari va renderlari ma'lum edi. Uning taqdimoti mart oyida Jyeneva avtosalonida bölib ötadi. 

Yangi avtomobil Namyang (Koreya) va Frankfurt (Germaniya) şaharlaridagi dizayn-markazlarida işlab çiqilgan bölib, özining avvalgi gabarit ölçamlarini saqlab qolgan. Ammo, ğildiraklar asosi kengaytirilgan. Ikki öq örtasidagi masofa 15 mmga uzoqlaşgan va 2400 mmni taşkil etgan. 

Uşbu xetçbek kuzovi 11 xil rangga böyaladi. Bundan taşqari, intererni mijoz xohişiga köra jihozlaş imkoniyati kengaytirilgan. Şu bilan birga, katta sensorli ekranga ega yangi multimedia töplami ham közga taşlanadigan jihatlaridan biridir. 

Picanto hajmi 1 litrlik 3 silindrli kuçaytirilgan dvigatel bilan işlab çiqariladi.