Yaponiyaning Tokio şahrida bölib ötadigan Tsukidzi dengiz mahsulotlari bozoridagi kimoşdi savdosida kök tunets öz xaridorini topdi. U yangi yildagi ilk kimoşdi savdosida 74,2 mln iyen (634 ming AQŞ dollariga yaqin)ga sotildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi kimoşdi savdosi taşkilotçilariga asoslangan holda. 

Uşbu kundagi eng qimmat narxda sotilgan baliq Aomori prefekturasidagi Oma portining Tinç okean hududida uşlangan. Törtinçi yildirki, baliqni Tokiodagi suşi taomlarini tayyorlaydigan restoranlar tarmoği xöjayini Kiyosi Kimura xarid qildi. U Tokio baliq bozorida maşhur xaridordir. 

"Biroz qimmat, ammo men, şunday şakldagi va ölçamdagi tunetsni xarid qila olganimdan xursandman. Uni tezroq mijozlarimga tortiq qilişni xohlayman", - degan Kimura kimoşdi savdosi yakunida. 

Ta'kidlanişiça, baliq kimoşdi savdosidagi mutlaq rekord 2013 yilda qayd etilgan. Öşanda, 222 kgli kök tunets 155,4 mln iyen (öşa vaqtdagi rasmi kurs böyiça 1,75 mln dollar)ga sotilgan. Yil boşidagi birinçi kimoşdi savdosida qimmat baliqlarni xarid qiliş Tokio restoranlari elitasining öziga xos köngilxuşi hisoblanadi.