Turkiya politsiyasi Dogan xoldingining sobiq boş direktori va boş huquqiy maslahatçisining idora va uylarini tintuv qilib, ularni qölga oldi. Bu haqida 5 yanvar, payşanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Turkiyaning Dogan xoldingi OAV, moliya, turizm va energetika sohasida faoliyat yuritadi, şuningdek Hurriyet gazetasi va CNN Turk telekanaliga egalik qiladi.
Xolding kompaniyasida ma'lum qilinişiça, tintuvlar faqat şaxsiy idoralar va ikki xodimning uyida ötkazilgan. Huquq-tartibot organlarining harakatlari kompaniya faoliyatiga ta'sir körsatmagan.
Politsiya iyul oyidagi harbiy töntaruv harakatlarida ayblanayotgan muxolifat voiz Fathulloh Gulen taşkilotiga nisbatan yölga qöyilgan tergov doirasida harakat qilgan.












