Agar siz özingizni havaskor baliqçilarning yangi avlodiga mansub deb bilsangiz hamda baliq ovlaşda turli xil yordamçi gadjyetlar va elektron asboblardan foydalaniş könikmasiga ega bölsangiz, PowerRay droni şubhasiz siz uçun işlab çiqarilgan deyiş mumkin. Loyiha mualliflari CES 2017 körgazmasiga taşrif buyurganlarning e'tiborini jalb etiş maqsadida Las-Vegasga masofadan boşqariluvçi PowerRay suv osti qurilmasini olib kelişdi.
Suzuvçi dronning öziga xos texnik jihatlaridan biri 30 metrgaça suv tubiga tuşa olişidir. Bu yerda u qöşimça ravişda baliqlar va suv osti dunyosining boşqa jonivorlarini topişga yordam beruvçi gidrolokator – Fishfinder modulini işga tuşirişi mumkin. Uni işga tuşiriş bilan foydalanuvçi PowerRay yordamida yana 40 metr çuqurlikni skan qila oladi.

PowerRay modeli kamera, sensor bilan jihozlangan bölib, 4K formatdagi videoyozuvni kafolatlaydi. Undagi datçiklar töplami suv osti çuqurligining öziga xosliklari xususida, jumladan suv harorati haqida ma'lumotlar töplaş imkonini beradi. Dron esa barça axborotni Wi-Fi moduli orqali smartfonga uzatadi.

Işlab çiqaruvçilarning qayd etişiça, PowerRay dronining eng közga köringan jihati suv ostini kuzatişi va tasvirga olişida emas, balki baliq ovining samarali bölişiga yordam beradigan texnologik uskuna ekanidadir. U baliqlarni çaqira oladigan yoruğlik taratib, kerakli joylarda qarmoqlar taşlay oladi.

Şuni ham ta'kidlaş lozimki, PowerRay dronini işlab çiqişda virtual reallik texnologiyasini qöllab-quvvatlaş yoddan kötarilmagan. Suv osti muqobil qurilmasi atrofida bölayotgan jarayonlarni PowerVision VR közoynaklari yoki boşqa turdoş mahsulotlar yordamida kuzatsa böladi. Kompaniyaning öz közoynagi yordamida siz boş harakati bilan dronni harakatga keltirişingiz ham mumkin.
Hozirça, PowerRay narxi noma'lum qolmoqda. Biroq, u şu yilning 27 fevralidan sotuvga çiqarilişini e'tiborga oladigan bölsak, PowerVision kompaniyasining droniga oid narx siyosatidan yaqin orada xabar topişimiz aniq.











