Kuni keça Las-Vegasda CES 2017 xalqaro elektronika körgazmasi bölib ötdi. Hi-Tech naşri uşbu körgazmaga taşrif buyurib, eng yangi texnologiyalar va gadjyetlar haqida ma'lumotlar bilan bölişdi. 

Sony'ning OLED-televizorlari 

CES 2017 körgazmasida Sony kompaniyasi A1 seriyadagi BRAVIA OLED yangi flagman lineykasi televizorlarini namoyiş etdi. Qurilmalar uç xil diagonalda taqdim etildi: 55, 65 va 77 dyuym, ularning barçasi - 4K televizorlar. Displeylar OLED texnologiyasi böyiça işlab çiqariladi. Har bir piksel - bir-biridan mustaqil ravişda yonuvçi alohida organik diod. Televizor tabiiy qora rangni yetkazib bera oladi, yangi X1 Extreme protsessori esa maxsus algoritmlar yordamida real vaqt rejimida tasvirning sifatini oşiradi. 

Televizorlarning tovuşi alohida tahsinga sazovor. Sony özining yangi televizorlarida Acoustic Surface texnologiyasini namoyiş qildi: korpusning özida alohida kolonkalar yöq, tovuş OLED displeyning özidan çiqadi. U ulkan membrana rolida namoyon böladi va vibratsiya hisobiga tovuşni bir neça barobar kuçaytiradi. 

Intel GO va BMW i8

BMW kompaniyasi Intel GO platformasi bazasidagi BMW i8 Roadster elektromobil kontseptini namoyiş qildi. Bu texnologiya avtomobilga avtomatik manevr tizimini integratsiyalaşga imkon beradi. Intel GÖli elektrokar yöldagi tösiqlarni oldindan aniqlab, ular bilan töqnaşişning oldini  oladi. Tizim 5-avlod uyali aloqa tarmoqlarida (5G) işlaşga tayyor. 

BMW 2017 yilning ikkinçi yarmida 40ta öz-özini boşqaruvçi avtomobillarni yöllarda sinab köradi. 

Faraday Future