
LG kompaniyasi 2017 yilda barça musiqa şaydolari uçun Dolby Atmos® ovoz panelidan tortib akustika tizimlarigaça bölgan köplab audioyeçimlarni havola etadi
LG Electronics (LG) kompaniyasi Las-Vegasdagi Consumer Electronics Show (CES) körgazmasida audiomahsulotlarining kengaytirilgan qatorini namoyiş etadi. Ular iste'molçilarning barça toifasi — eng talabçan musiqa şaydolaridan tortib, ixçamlik va universallikni ma'qul köruvçi oddiy foydalanuvçilar talablariga mos keladi. Yangi LG audioqurilmalarida oliy toifadagi LG televizorlarining audioimkoniyatlaridan töliq foydalaniş maqsadida barça zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Şu bilan tinglovçilarning sevimli musiqalaridan rohatlaniş imkoniyatlari kengaytirilgan.

Televizorlar uçun yangi talabdagi tovuş panellari
Yangi LG SJ9 tovuş paneli kinoteatrda ötirgandek hissiyotni hosil qiliş uçun Dolby Atmos® texnologiyasining barça imkoniyatidan foydalanadi. Uning nafis dizayni har qanday intererga özgaça şukuh bağişlaydi. Tinglovçining musiqa olamiga şönğişiga xizmat qilişi uçun tiniq tovuş aks-sadosiga erişişda SJ9 paneliga örnatilgan öta zamonaviy dinamiklar (şu jumladan, ikkita juda kuçli tik turuvçi dinamiklar) xizmat qiladi.

Dolby Atmos texnologiyasi tovuş fokusini 3 ölçamda aks ettirib, uni belgilangan hudud, xususan, tinglovçining boşi uzra yönaltira oladi. Bu esa, kartinadagi tovuşning haqiqatga yaqin bölişi va his-hayajonlarga boy bölişini ta'minlaydi. Tovuşlar joyni belgilaş uçun foydalaniladigan murakkab metama'lumotlar texnologiyasi va tinglovçining 3 ölçamli (3D) hududidagi ayrim tovuş obektlarining hajmi sababli mustaqil obektlar sifatida aks etadi.
Bu obektlar real vaqt tartibida qayta işlanadi va har bir ovoz aniq belgilangan joy, jumladan tinglovçining bevosita tepasida jaranglaydi.
LG SJ9 tovuş paneli, şuningdek, 4K Sound1 (yuqori ölçamdagi audioyeçim), texnologiyasi bilan jihozlangan. Bu texnologiya yuqori sifatni yöqotmasdan audiofayllarni aks ettira oladi. Şu sababli, studiyadagi original sifatni yöqotmasdan musiqani tinglaş mumkin böladi. Bundan taşqari, SJ9 panelining Sound Upconverting funksiyasi 24 bit/192 Gts darajadagi standart tovuş fayllari sifatini oşiradi. Bu esa har bir trekning eng mayda nyuanslari va akslarini ham tinglaşga imkon beradi. LG SJ9 tovuş paneli yana 4K Pass-Through texnologiyasini ham qöllab-quvvatlaydi. Uning vositasida tovuşning sifati tasvirga ziyon yetkazilmagan holatda dastlabki holidek saqlab qolinadi va audio-videoning sinxronlaşgan qabul qilinişini ta'minlaydi.


















