Amerikalik işbilarmon va bir neça kitoblar muallifi Gari Vaynerçuk har kuni ertalab özimizga özimiz takrorlaşimiz kerak bölgan ibora bilan bölişdi. Bu sizga hayotdagi eng asosiy narsani unutmaslikka yordam beradi. "Layfxaker" naşrida şu haqida ma'lumot berildi. 

Eng yaxşi hayotbaxş ibora atigi uç sözdan taşkil topgan: "Sen mangu emassan". Sizlarni qörqitmoqçi emasman, şunçaki borini aytdim. Baxtli bölişimiz uçun birgina hayotimiz bor, buning uçun boşqa imkon bölmaydi. Özingizga yoqmagan iş bilan şuğullanayotganingizni aytib, noligandan köra, harakatga kirişing. 

Dunyoda birovning baxti haqida qayğuradigan kişilar haddan ziyod köp, aslida ular öz baxtlari borasida qayğurganlari yaxşi. Bilasizmi, nima uçun men boşqa insonlarni baxtli körişni va ularni şunga ilhomlantirişni yaxşi köraman? Çunki men özim baxtliman! Ehtimol, bu kimgadir xudbinlikdek tuyular, lekin inson birinçi navbatda özini baxtli qilişi, keyin esa boşqa insonlarga baxt ulaşişi mumkin. 

Özingizga özingiz savol bering - qilayotgan işingiz sizga muvaffaqiyat va baxt olib kelyaptimi? Nafaqat işda, balki kundalik hayotda ham. Baxtli inson qança pul topiş emas, işni qanday bajarişi muhimroq ekanini yaxşi anglab yetadi. 

20 yoşligimda 90 yoşlar atrofidagi kişilar orasida köp bölganman. Ularni qayerda va qaçon körganim muhim emas. Men ulardan öz hayotlari töğrisida sözlab berişni söraganman. Barçaning hikoyasi "Afsuski, ..." sözi bilan boşalanardi. Kimdir vaqtida yaxşiroq işlamagani uçun afsuslansa, yana kimdir yaqinlari va sevimli insonlari bilan kam vaqt ötkazganidan puşaymon bölardi, şu bilan birga ularning orasida özlari istagan iş bilan şuğullana olmaganliklaridan afsuslangan kişilar ham köpçilikni taşkil qilardi. Ularning bari nimadandir afsuslanardi...

Qariyalar bilan muloqotdan çiqargan xulosamni birgina ibora bilan ifodalaş mumkin:

Harakatni boşlaş uçun hozirdan yaxşi vaqt yöq.

Agar yoşingiz endigina 20dan oşgan bölsa, bu ayni vaqti. 

Şuni yaxşi tuşunib yetişingiz kerakki, özingiz istagan hayotni faol quriş uçun taxminan beş yilça vaqtingiz bor. Döstlaringiz bilan sayohat qiling, özingiz uçun dunyoni kaşf etib boring, iste'dodingizni namoyiş eting, qiziqişlaringizga vaqt ajrating.  

Yoşingiz hattoki 40, 50 yoki 60dan oşgan bölsa-da, baxtli böliş uçun yetarli vaqtingiz borligini unutmang. Biror narsani çin dildan istasangizgina uning uddasidan çiqasiz.