Davlat bojxona qömitasi tomonidan “Baxt” sport-soğlomlaştiriş majmuasida qömitaning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qayta quriş va kapital ta'mirlaş işlari yakunlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun e'lon qilingan hujjati loyihasida aytilgan.
Qayd etilişiça, sport-soğlomlaştiriş majmuasining taşkiliy-huquqiy maqomini belgilaş, şuningdek, uşbu obektni kelgusida saqlaş va faoliyatini moliyalaştiriş böyiça çoralar belgilanadi:
Davlat bojxona qömitasining mazkur obektga “Baxt” sport-soğlomlaştiriş majmuasi” Davlat unitar korxonasi şaklidagi yuridik şaxs maqomi (DUK) beriş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilanişiça:
DUK direktori Davlat bojxona qömitasi raisining buyruği asosida lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
DUK xodimlarining ştat birliklari va iş haqi miqdorlari DUK direktori tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.
DUKning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
majmuani samarali boşqariş va işlatiş;
bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolari, şuningdek pensionerlari uçun pullik asosda soğlomlaştiriş va dam oliş tadbirlarini taşkil etiş;
sport, köngiloçar va tantanali marosimlarni taşkil etiş va ötkaziş böyiça tijoriy xizmatlarni körsatiş.
DUKni moliyalaştiriş quyidagilar hisobidan amalga oşiriladi:
majmua tomonidan xizmatlar körsatişdan, tijorat faoliyatini amalga oşirişdan, şuningdek, majmuaga biriktirilgan bino, inşootlar va boşqa mol-mulklarni ijaraga berişdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi DUKning Ustavini tasdiqlaydi, şuningdek uning davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaydi.











